“Paxtakor” yulduzli tarkibga ega Saudiya klubi bilan to‘qnashadigan bo‘ldi
Sport
−
19 fevral 2025 7281 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 1/16 final bosqichida “Al-Hilol”ga qarshi maydonga tushadi.
Kecha, 18 fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri guruh bosqichida yakuniy tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Saudiyaning “Al-Hilol” klubi mehmonda BAAning “Al-Vasl”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va turnir jadvalida yetakchiga aylandi.
Shu tariqa, 1-o‘rinni olgan “Al-Hilol” 8-o‘rinni band etgan “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, “Al-Rayyan” - “Al-Ahli”, “Istiqlol” - “Al-Nasr”, “Al-Vasl” uchrashuvlari 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan.
Mazkur bosqich o‘yinlari 3-4 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “Paxtakor” ilk o‘yinni mezbon sifatida o‘tkazadi. Javob o‘yinlari 10-11 mart kunlari o‘tkaziladi.
Live
Barchasi