“Paxtakor” yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va Elit OCHL bilan xayrlashdi

Sport

image

Bugun, 12 martga o‘tar kechasi Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich javob o‘yinlari doirasida “Paxtakor” “Al-Hilol” mehmoni bo‘ldi va yirik 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Dastlabki o‘yinda mag‘lub bo‘lgan “Al-Hilol” o‘z uyidagi bahsni faol boshladi. Jamoa birinchi taymning o‘zida “Paxtakor” darvozasini 3 bor ishg‘ol qilishga ulgurdi. Ikkinchi taym oxirida mezbonlar yana bir marta toshkentliklarni xafa qildi. 

Shu tariqa, “Al-Hilol” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Paxtakor”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi. Klub murabbiyi Jorje Jezush esa lavozimidan ozod etilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Paxtakor” klubi rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayev “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinni kuzatib borish uchun Saudiyaga yo‘l olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Jahongir Ortiqxo'jaev Al-Hilol Elit Osiyo Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing