“Paxtakor” o‘rmon qiroli sher ekanligini yana bir marta isbotladi
Sport
−
12 noyabr 2022
7652Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari yakunlandi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan mavsumda Toshkentning "Paxtakor" klubi Superligada chempionlikni qo‘lga kiritdi. Toshkent derbisida "sherlar" "Bunyodkor"dan ustun keldi - 2:0. "Jar" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda rasmiy mehmonlar safidan gollarga Dragan Cheran va Aziz Turg‘unboyev mualliflik qildi.
Namanganda "Navbahor" AGMKni mag‘lubiyatga uchratdi - 3:1. So‘nggi turga qadar chempionlik uchun imkoniyatni saqlab kela olgan Qarshining "Nasaf" klubi esa Toshkentning "Olimpik" jamoasiga imkoniyatni boy berdi - 2:0.
Shunday qilib, Superliga yakunlariga ko‘ra "Paxtakor" klubi musobqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Samvel Babayan murabbiyligidagi "Navbahor" kumush medal sohibiga aylandi. Qarshi jamoasi esa bu yil 3-o‘rin bilan kifoyalandi.
26-tur natijalari:
"Qizilqum" 2:1 "So‘g‘diyona"";
"Lokomotiv" 3:1 "Metallurg";
"Dinamo" 2:0 "Qo‘qon-1912";
"Olimpik" 2:0 "Nasaf";
"Bunyodkor" 0:2 "Paxtakor" ;
"Navbaxor" 3:1 AGMK;
"Neftchi" 3:0 "Surxon".
Chempionat yakunlariga ko‘ra, "Qo‘qon-1912" va "Dinamo" yangi mavsumni Pro ligada boshlaydigan bo‘ldi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi esa o‘tish o‘yinida Pro liga vakili bilan to‘qnash keladi.
LiveBarchasi