Bugun O‘zbekistonda futbol mavsumi yakunlanadi

Sport

image

Bugun, 12 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining  so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi chempionatda g‘olib nomi haligacha ma’lum emas. So‘nggi 26-tur O‘zbekiston chempioni nomini aniqlab beradi.

Chempionatning yakuniga qadar Toshkentning "Paxtakor", Namanganning "Navbahor" va Qarshining "Nasaf" jamoalari chempionlik uchun imkoniyatni saqlab kelishdi. Aynan mazkur uch jamoaning o‘yini Superliga g‘olibi nomiga oydinlik kiritadi.

O‘zbekiston chempionati. 26-tur. 12 noyabr, shanba:

"Dinamo" – "Qo‘qon-1912";

"Bunyodkor" – "Paxtakor";

"Neftchi" – "Surxon";

"Lokomotiv" – "Metallurg";

"Olimpik" – "Nasaf";

"Navbahor" – AGMK;

"Qizilqum" – "So‘g‘diyona".

Ma’lumot uchun, 26-tur o‘yinlari Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi. Avvalroq, PFL tomonidan chempionlikka da’vogar uch jamoa o‘yiniga ham turnir kuboklari olib borilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Futbol

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing