Osiyo Chempionlar ligasini kim qayerdan boshlaydi?

Sport

image

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslari yakuniga yetdi. Toshkentning "Paxtakor" klubi mavsumni chempion sifatida yakunladi. Namanganning "Navbahor" jamoasi Superligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qarshining "Nasaf" klubi 3-o‘rin sohibiga aylandi. Olmaliqning AGMK klubi esa kuchli to‘rtlikni yakunlab berdi.

"Paxtakor" O‘zbekiston chempioni sifatida OCHL guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qarshining "Nasaf" klubi ham O‘zbekiston kubogi sohibi sifatida OCHLda o‘z o‘yinlarini guruh bosqichidan boshlaydi.

O‘zbekiston vitse-chempionlari – "Navbahor" klubi OCHLga to‘liq yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun OFK kubogi g‘olibi — Ummonning "As-Siyb" jamoasiga qarshi bahsda qatnashadi. "As-Siyb”ga qarshi o‘z maydonida to‘p suradigan Samvel Babayan shogirdlari agar g‘alaba qozonsa, Qatar chempionatining to‘rtinchi jamoasiga qarshi safarda bahs olib boradi.

Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi AGMK ham nufuzli musobaqani saralash bosqichidan boshlaydi. Dastlab olmaliqliklar o‘z maydonida Bangladesh chempioni "Kingz" klubi bilan kuch sinashadi. Agar, AGMK "Kingz" to‘sig‘idan o‘ta olsa, safarda Qatarning uchinchi klubi bilan OCHLning to‘liq yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Ma’lumot uchun, OCHL saralash o‘yinlari 2023 yilning 8-22 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OCHL

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing