“Paxtakor” so‘nggi imkoniyatdan foydalana oladimi?

Sport

image

Bugun, 17 fevral kuni “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri so‘nggi turida Qatarning “Al Sadd” jamoasini  qabul qiladi. Toshkentliklar ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsagina keyingi bosqichga chiqishi mumkin.

Ayni damga kelib, “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirida 7-turdan keyin 4 ochko jamg‘argan holda 10-o‘rinda bormoqda. Agar “sherlar” so‘nggi turda Qatarning “Al-Sadd” jamoasini mag‘lub etadigan bo‘lsa, keiyngi bosqich uchun imkoniyatlarini saqlab qoladi. Hozirga qadar “Paxtakor” joriy mavsum turnirda g‘alaba nima ekanligini bilmay kelmoqda. 

Qatar klubi esa 7 turdan so‘ng 12 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni band etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Toshkentdagi o‘yinda qanday natija qayd etilgan taqdirda ham “Al Sadd” keyingi bosqich yo‘llanmasidan quruq qolmaydi.

“Paxtakor” esa Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirida hali ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Buning uchun: 

- “Paxtakor” o‘z maydonida “Al-Sadd”ni yengishi;
- “Istiqlol” safarda “Ar-Rayan”dan yutqazishi yo durang qayd etishi kerak;
- “Al Garafa” safarda “Al-Ahli”dan yutqazishi;
- “Persepolis” uyida “An-Nasr”ni yutmasligi kerak bo‘ladi. 

Shu to‘rt voqeadan biri bo‘lmagan taqdirda ham “Paxtakor” chiqa olmaydi va musobaqa bilan xayrlashadi.

“Paxtakor” - “Al-Sadd” o‘rtasidagi o‘yin bugun, 17 fevral kuni 19:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Al-Sadd Osiyo Chempionlar ligasi Elit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing