“Paxtakor” stadionining savdosi to‘xtatildi
Sport
−
19 yanvar
10678“Paxtakor futbol klubi” MCHJning stadioni sotuvi 2 kun o‘tiboq to‘xtatildi. Bu haqda Davaktiv agentligi o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
”O‘tgan davr mobaynida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rgangan holda, “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi”, deyiladi manba xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yilgani xabar qilingandi.
Unga ko‘ra, klubni sotib oladigan xaridor keyinchalik quyidagi talablarga rioya qilishi kerakligi aytilgan:
- futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
- futbol klubi balansidagi barcha sport ob’ektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
- “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.
LiveBarchasi