“Paxtakor” stadioni buziladi – klub bayonot berdi

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Paxtakor” klubi stadioni buzib tashlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Klub ushbu xabarlarga munosabat bildirib, ba’zi ma’lumotlarni ochiqladi.

“Paxtakor” stadioni o‘rnida yangi stadion qurilishi klub rejalaridan o‘rin olgani haqida ma’lumot taqdim etganmiz.

Ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. Saytimizda e’lon qilingan tenderdan so‘ng 20 ga yaqin kompaniyalar o‘z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli oxirgi qarorga kelishdan avval barchasini puxta o‘ylab ko‘rish talab etiladi. 

Ma’qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poyxatimiz markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to‘xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma’lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi”, deyladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” stadioni 1956 yilda qurilgan. Stadion 35 ming futbolsevarni sig‘dira oladi. Dastlab bu ko‘rsatkich 55 ming bo‘lgan. Biroq 1996, 2008 va 2012 yillardagi ta’mirlashlar davomida stadion sig‘imi qisqartirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing