“Paxtakor” sobiq murabbiyi Rossiya klubini boshqarishi mumkin
Sport
−
06 yanvar 2022
3451Gruziya terma jamoasining sobiq futbolchisi va Toshkentning “Paxtakor” klubi sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze Rossiyaning “Krasnodar” jamoasi bilan ishlash istagi borligini malum qildi. Bu haqda “RBC Sport” nashri xabar berdi.
“Bunday jamoa bilan ishlash men uchun qiziq bo‘lardi, “Krasnodar” yaxshi klub. Ilgari menga taklif bo‘lgandi, hozir esa vaziyat boshqacha”, deydi Arveladze.
“Krasnodar” rahbariyati bosh murabbiy Viktor Goncharenko va uning ikki yordamchisi – Vasiliy Berezutskiy hamda Aleksandr Yermakovichni istefoga chiqargan edi. Undan avval esa, jamoaviy murabbiy Ruslan Zubik va murabbiy-tahlilchi Andrea Byanki jamoani tark etgan. Zubik mutaxassis “Krasnodar”da 2021 yilning aprelidan, Byanki esa 2020 yilning fevralidan beri ishlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov 2014-2017 yillar davomida “Krasnodar” safida faliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, “buqalar” 29 ochko jamg‘argan holda, Rossiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Qishki tanaffus yakuniga yetgach, “Krasnodar” 26 fevral kuni o‘z maydonida Moskvaning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.
LiveBarchasi