“Paxtakor” shifokori Dubay-Toshkent reysida yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi
Sport
−
30 Noyabr 2023 12003 1 daqiqa
“Paxtakor” futbol klubi shifokori Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi reys qatnovida yo‘lovchining hayotini saqlab qolinishiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Ayn” bilan o‘yindan qaytayotgan jamoa o‘rin olgan bortda yo‘lovchi o‘zini juda yomon his qilgan. Klub shifokori Umid Bahromovning tezkor harakatlari bilan bemor o‘ziga kelgan.
“Bemorga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmaganida, samolyot boshqa shaharga qo‘nishi kerak bo‘lardi”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlash joiz, Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasida safarda “Al-Ayn”ni 3:1 hisobida taslim etgan “sherlar” muhim pallada uch ochko qo‘lga kiritdi. Ularning musobaqada keyingi bosqichga chiqishi keyingi 6-turda hal bo‘ladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr