“Paxtakor” Rossiya klubi futbolchisini ijaraga oldi
Sport
−
04 iyul 2023 3757 1 daqiqa
Rossiyaning “Torpedo” klubi futbolchisi Hojimat Erkinov faoliyatini “Paxtakor”da davom ettiradi. Bu haqda klub Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Paxtakor” 2022 yilda Rossiya klubiga transfer qilingan tarbiyalanuvchisini bir yillik ijara shartnomasi asosida jamoa safiga qo‘shib olgan.
Shuningdek, 22 yoshli Erkinovning o‘zi bundan xursand ekani va endilikda o‘zi tarbiyalangan klub sha’nini munosib himoya qilish istagidaligini bildirgan.
Ta’kidlash joizki, Hojimat Erkinovga Belarusning “Minsk” klubidan ham jiddiy taklif bo‘lgandi. Shuningdek, mahalliy jamoalardan Namanganning “Navbahor” klubi ham futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgandi. Yakunda Erkinov “Paxtakor” variantini tanladi.
“Meni tarbiyalagan qadrdon jamoam “Paxtakor”ga qaytganimdan xursandman. Superliganing 2-davrasida chempionlik an’anasini davom ettirishda yordam berishni xohlayman”, deydi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Erkinov 2022/2023 yilgi mavsumda Rossiya Premer-ligasidagi 20 ta o‘yinda bitta assistga mualliflik qildi. “Torpedo” esa 13 ochko bilan so‘nggi 16-o‘rinni egallab, RPLni tark etdi.
Live
Barchasi