“Paxtakor”ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Olam

image

“Paxtakor” asosiy jamoasining 5 nafar futbolchisida koronavirusga topshirilgan test natijalari musbat natija berdi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga chalingan insonlar aniqlanishi bilan “Paxtakor” futbol klubida doimiy ravishda futbolchilar va klub xodimlari muntazam tarzda test topshirib kelishdi. 

“O‘zini noxush his qilgan 5 nafar futbolchida koronavirus uchun topshirilgan test natijalari mubat natija bergach, futbolchilar va xodimlar yana bir bor test topshirishdi. AGMK bilan o‘tkazilgan Superliga 9-tur bahsidan keyin ba’zi futbolchilar sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘ldi, shundan keyin mashg‘ulotlar vaqtincha to‘xtatib turildi”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda koronavirus aniqlangan 5 nafar futbolchi izolyatsiyaga olingan va ularni davolash jarayoni boshlab yuborilgan. Futbolchilar doimo tibbiy nazorat ostida bo‘lib turibdi va barcha zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda.

13 iyul kuni “Paxtakor” mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynagan OKMK klubi futbolchilari ham koronavirusga test topshirgan. Ularning natijasi yaxshi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing