“Paxtakor” Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi bilan o‘ynaydi
Sport
−
13:49 895 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Turkiyada Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Markaziy Osiyo derbisi joriy yilning 7 fevral kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar so‘ng bor 2023 yilda Toshkentning “Paxtakor” stadionida ham o‘zaro to‘qnash kelgan. Ushbu uchrashuvda “sherlar” Qozog‘iston jamoasini 4:3 hisobida taslim etgan.
“Qayrat” joriy mavsumda o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etdi. Ular guruhda Portugaliyaning “Sporting”, Ispaniyaning “Real Madrid”, Italiyaning “Inter”, Daniyaning “Kopengagen”, Gretsiyaning “Olimpiakos”, Belgiyaning “Bryugge” va Angliyaning “Arsenal” jamoalari bilan o‘zaro to‘qnash keldi va bu bahslarning barchasida imkoniyatni boy berdi. “Qayrat” birgina ochkosini Kiprning “Pafos” jamoasiga qarshi bahsda qo‘lga kiritdi va guruh bosqichini eng oxirgi, 36-o‘rinda yakunladi. Olmaotaliklar ushbu ishtirok orqali 18,62 million yevro daromad oldi.
Live
Barchasi