“Paxtakor” Iroq terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Sport
−
04 avgust 928 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubi Iroq milliy terma jamoasi hujumchisi Ayman Hussayn bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv joriy mavsumning oxirigacha amal qiladi. Ayman yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Iroq terma jamoasining turnirdagi yagona goliga mualliflik qilgan edi.
Faoliyati davomida u Iroqning “Duxok”, “Naft”, “Al-Shorta”, “Al Quva Al-Javiya” va “Karma”, Tunisning “Sfaksiyen”, Qatarning “Umm Salal”, “Al-Marxiya”, “Al-Xor” va “Al-Vakra”, BAAning “Al-Jazira”, shuningdek Marokashning “Raja Atletik” klublarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Hussayn klublar safida milliy chempionatlarda jami 120 ta gol urgan. Iroq milliy terma jamoasi libosida esa 34 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Shuningdek, u Olimpiya o‘yinlari va Jahon chempionatining final bosqichida gol urgan kam sonli iroqlik futbolchilardan biri hisoblanadi.
Live
Barchasi