“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi

Sport

−

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” klubiga qarşi bahs olib bordi. Bağdodda bölib ötgan uçraşuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Uçraşuvdagi yagona gol 70-daqiqada Abdulamir tomonidan kiritildi. Uşbu gol iroqliklarga uç oçko taqdim etdi.

Şu tariqa, “Paxtakor” Elit Osiyo çempionlar ligasidagi ilk mağlubiyatini qabul qilib oldi. Bunga qadar “şerlar” ikki uçraşuvda durang qayd etgan edi.

Endi “Paxtakor” turnirning 4-turida Kriştianu Ronaldu yetakçiligidagi “Al-Nasr” jamoasini öz maydonida qabul qiladi. Uçraşuv joriy yilning 2 noyabr kuni bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonaning “Neftçi” jamoasi ham 3-tur doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga 1:2 hisobida mağlub bölgan edi.

Hozirda “Neftçi” hisobida 3 oçko mavjud bölib, jamoa Ğarbiy mintaqa jadvalida 8-örinni egallab turibdi. “Paxtakor” esa 2 oçko bilan 12-poğonadan joy olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing