“Paxtakor” Eron terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma tuzdi
Sport
−
10 avgust 1339 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Eron terma jamoasi sobiq himoyachisi Murtazo Puraliganjini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda “sherlar” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 34 yoshli futbolchi Toshkent klubi bilan 2026 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Puraliganji “Paxtakor”ga Eronning “Persepolis” klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
Tajribali himoyachi faoliyati davomida Eronning “Naft” va “Persepolis”, Xitoyning “Tyanszin” va “Shenchjen”, Qatarning “As-Sadd” va “Al-Arabi”, shuningdek, Belgiyaning “Yupen” klublarida to‘p tepgan. U klublar miqyosida 300 ga yaqin uchrashuvda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, Puraliganji Eron terma jamoasi safida 54 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. U 2018 va 2022 yilgi Jahon chempionatlarida Eron terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. “Paxtakor” rahbariyati tajribali himoyachining boy tajribasi va ishonchli o‘yini jamoaga katta yordam berishini ta’kidladi.
Live
Barchasi