Paxtachiga ham yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Qayum Norbekovich Xushbaqov Samarqand viloyatidagi Paxtachi tumaniga hokim etib tayinlandi. Uning nomzodi bugun, 26 fevral kuni Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu sessiyada Samarqand viloyati hokimi vazifasini bacharuvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtalgan.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Qayum Norbekovich Xushbaqov nomzodini Paxtachi tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirgan. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Qayum Xushbaqov tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruh rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat rahbari yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 fevral kuni Maxsud Erkinovich Bo‘ronov Samarqand viloyatidagi Nurobod tumaniga hokim etib tayinlangandi. Tayinlovga qadar Maxsud Bo‘ranov “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Paxtachi yangi hokim Qayum Norbekovich Xushbaqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing