Paxtachida IIB xodimlari masjidda voyaga yetmagan bolani so‘roq qilishdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi masjidlardan birida IIB xodimlari voyaga yetmagan bolani so‘roq qilishayotgani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB rasmiy ma’lumot berib, voqea kecha, 25 may kuni sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Shu kuni soat 20:30 lar atrofida Paxtachi tumani IIB xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan, Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasida joylashgan “Xo‘ja-Ziyovuddin” jome masjidi ko‘zdan kechirilganda, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan X.A. ismli shaxs 11 nafar (5 nafari voyaga yetmagan) shaxslarga diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz, diniy ta’limotdan saboq berayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan X.A ga nisbatan MJtK ning 241-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, kelgusida diniy ta’limotlardan saboq berish niyati bo‘lsa, maxsus diniy bilimlarni egallab, qonunlarga asosan, vakolatli diniy organlarning ruxsati asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkinligi tushuntirilgan.

“Ichki ishlar organlari hech kimni diniy bilim olishini cheklamaydi. Yurtimizda diniy bilim olish uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Faqatgina qonunchilikka asosan, belgilangan me’yorlarga amal qilish so‘raladi.

Shu o‘rinda, farzandlariga diniy bilimlarni o‘rgatmoqchi bo‘lgan ota-onalarga murojaat qilib, diniy ta’limotni maxsus diniy muassasalarda, malakali mutaxassislardan olishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand masjid

Baholaganlar

695

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing