Paxta terimiga chiqqan 92 yoshli onaxon televizor bilan taqdirlandi
Jamiyat
−
30 sentabr 2019 6213 1 daqiqa
Toshkent viloyatida paxta terimiga chiqqan 92 yoshli onaxonga televizor berildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Piskent tumanida yashovchi 92 yoshli Kuysinoy aya Anorboyeva paxta terimida qatnashib, ilg‘orlik borasida yoshlarga o‘rnak bo‘ldi.
Onaxonning paxta terimdagi ishtiroki uchun viloyat hokimligi tomonidan televizor bilan taqdirlandi.
Shuningdek, terimda ishtirok etayotganlar uchun taniqli xonandalar ishtirokida konsert ham o‘tkazilgan.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr