Paketni parashyut sifatida ishlatgan sakkiz yashar bola 5-qavatdan sakradi
Olam
−
28 aprel 2023 20017 1 daqiqa
Qozog‘istonning Jetisu viloyatida sakkiz yoshli bola polietilen paketidan parashyut sifatida foydalanib, beshinchi qavat derazasidan sakradi. Bu haqda “Egemen” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea 25 aprel kuni soat 12:20 da sodir bo‘lgan. Uyda kattalar nazoratisiz qolgan 2015 yilda tug‘ilgan bola parashyut sifatida polietilen paketni yelkasiga ulab, beshinchi qavat derazasidan sakragan.
“Hozirda bolaning ahvoli barqaror. U Toldiqo‘rg‘on viloyat kasalxonasida. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, daraxt shoxlari bolaning yerga ohista yiqilib tushishiga sabab bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bolalarni qarovsiz qoldirmaslik hamda deraza oynalariga maxsus himoya vositalarini o‘rnatishga chaqirgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust