P4P reytingida yetakchi o‘zgardi

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni, amerikalik Jon Jons vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchilarning P4P reytingida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda “UFC Russia” xabar berdi.

Reytingda Jons o‘n pog‘onaga ko‘tarilib, avvalgi yetakchi avstraliyalik Aleks Volkanovskini ortda qoldirdi. Rossiyalik Islom Maxachev esa 3-o‘ringa tushib ketdi.

Joriy yilning 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan UFC 285 musobaqasida Jons birinchi raundda fransiyalik Siril Ganni mag‘lub etdi. Aynan o‘sha g‘alaba sportchining reytingda katta “sakrash” qilishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Jon Jons UFC'da umumiy 29 ta jang o‘tkazib, bahslarning 27 tasida g‘alabaga erishgan. U janglarning 10 tasida raqiblarini nokautga uchrtagan. Faqatgina 1 ta to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Jon Jons

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing