Ozoda Nursaidovaning klipi s’yomkasi vaqtida aktrisani “gelik” bosib ketdi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidovaning qo‘shig‘i uchun klip sur’atga olish jarayonida aktrisa Sabrina Jabborovani avtomobil bosib ketgan. Bu haqda aktrisaning o‘zi Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, klipda suratga tushayotgan boshqa bir voyaga yetmagan aktrisa operator va rejissyor Shuhrat Mavlonovning ko‘rsatmasi bilan Mercedes-Benz G-klass (“gelik”) avtomobilini haydagan, biroq o‘sha paytda u mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Mashinaning g‘ildiraklari Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketgan: oldingi g‘ildiragi butunlay uning ustidan o‘tgan, orqa g‘ildiragi esa qizning ustida aylanib ketgan. Voqea oqibatida Sabrinaning tos suyagi singan, boshqa a’zolari og‘ir jarohat olgan.

“Jabrlanuvchiga birinchi yordam vaqtida ko‘rsatilmagani natijasida ko‘p qon yo‘qotgan. Keyin uni 4-sonli shifoxonaga olib borishgan, 9 soatlik operatsiyadan so‘ng bemorning hayoti saqlab qolingan. Biroq jarrohlik amaliyoti noto‘g‘ri bajarilgani oqibatida uning chap oyog‘i o‘ng oyog‘idan 7 sm uzunroq bo‘lib, qiz nogiron bo‘lib qolgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ayni vaqtda shifokorlar qizning salomatligini tiklash uchun uning tos suyagini sindirib, suyaklarni to‘g‘rilash kerakligi, bunday operatsiyalar juda kamdan kam holatlarda muvaffaqiyatli o‘tishini aytgan.

Shuningdek, aktrisa voyaga yetmagan qizni “suratga olish jarayoniga Ahad Qayum olib kelgani va unga haydashga ruxsat bergani”ni yozib qoldirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish tashkilotchilari va boshqa aybdor shaxslar jabrlanuvchiga yetarlicha yordam ko‘rsatmagan. Faqatgina 4 oy davomida “filmni suratga olishda texnik qoidalarni buzganligi” uchun jarima sifatida 500 dollar to‘lab turgan.

Mazkur hodisa bo‘yicha ish sudga oshirilgan, lekin hali sud jarayoni boshlanmagan. Sabrina tergovchi unga ish materiallarini taqdim qilmaganini aytgan.

Shuningdek, Sabrina normal yurish qobiliyatini tiklash uchun chet elda takroriy operatsiya o‘tkazishi kerakligini aytgan va jamoatchilikdan yordam so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozoda Nursaidova gelik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing