Karantin sabab “tonirovka“ ruxsatnomasi muddati uzaytiriladimi?

Jamiyat

image

Avtotransport vositalarining oynalarini tusini o‘zgartirish ruxsatnomasi muddati karantin sabab uzaytirilmaydi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov AOKA shtabidagi brifingda ma’lum qildi.

“Karantin davrida ruxsatnomangiz muddati o‘tsa, joriy yilning 1 iyuligacha avtotransportni haydashingiz mumkin. Shu bilan birga, karantin davri hisobidan, qo‘shimcha muddat berilmaydi“, deydi Shohrux G‘iyosov.

Biroq O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarning amal qilish muddati joriy yilning 1 iyuliga qadar uzaytirilgan. Bunda karantin vaqtida amal qilish muddati tugagan ruxsatnomalar 1 iyulgacha noqonuniy hisoblanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing