Oziq-ovqat narxlarining oshishi 70 million odamni qashshoqlikka olib keldi

Olam

image

Oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi oqibatida dunyoda qashshoqlik chegarasidan pastga tushganlar soni so‘nggi olti oyda 70 million kishiga oshdi. Bu haqda bugun, 20 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi Bosh Assambleyaning yuqori darajadagi haftaligi ochilishida aytib o‘tdi. 

“300 milliondan ortiq odam shoshilinch insonparvarlik yordami va himoyasiga muhtoj, bu joriy yilning yanvariga nisbatan 10 foizga ko‘p. Iqlim o‘zgarishi, koronavirus va mojarolar tufayli global ochlik dahshatli darajaga yetdi”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, oxirgi olti oyda oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi 70 million odamni qashshoqlikka olib kelgan. 

“Inflyatsiya so‘nggi 40 yildagi eng yuqori darajaga yetdi. Insoniyatning chorak qismi mojaro zonalarida, janglar va siyosiy beqarorlik o‘rtasida yashaydi”, deydi Kyoryoshi.

U BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish bo‘yicha muzokaralarni olg‘a siljitish niyatida ekanini ma’lum qildi. 

"Bizning BMTni to‘g‘ri isloh qilish qobiliyatimiz uning butun dunyo xalqlari oldida o‘rnini belgilaydi. Men Xavfsizlik Kengashini isloh qilish bo‘yicha muzokaralarni olg‘a siljitmoqchiman: Kengash Yer ahlini teng darajada ifodalashi va XXI asr voqeliklarini aks ettirishi uchun vaqt allaqachon o‘tgan. Bu bizning butun tashkilotimizga va ko‘p tomonlama dunyo tartibiga ishonch masalasidir”, deydi Kyoryoshi BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi ochilishida so‘zlagan nutqida.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing