Qashqadaryoda shifokor 30 kishiga koronavirus yuqtirdi. Ular orasida deputatlar ham bor
Jamiyat
−
09 iyul 2020
15836O‘zbekistonda shifokorning o‘zi ehtiyotsizlik va karantin tartiblariga rioya etmaslik oqibatida 30 kishiga koronavirus yuqtirgan. Ushbu holat joriy yilning iyun oyida Qashqadaryoda qayd etilgan. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Viloyat maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi - Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining raisi Zoyir Mirzayevning viloyat aholisiga murojaati ham o‘qib eshittirilgan.
“Kasbi shifokor bo‘lgan fuqaromiz karantin talablariga rioya etmagan holda joriy yilning 24 iyun kuni qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirishga sabab bo‘ldi”, deydi Mirzayev.
Yig‘ilish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov viloyat aholisiga murojaatida ilk o‘lim holati aniqlangani haqida xabar bergandi.
LiveBarchasi