Koronavirus: og‘ir ahvoldagi bemorlar soni 1 200 nafardan oshib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 avgust kuni O‘zbekistonda 693 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm hamda Navoiy viloyatlarida jami 936 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 29 918 nafar bemordan 21 316 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 71 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 414 nafar bemordan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing