Toshkentda erkak IIB xodimini pichoqladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida ayolning eri ustidan yozgan shikoyati bo‘yicha kelgan IIB xodimi pichoqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

N.X. eri M.A. bilan bir kun avval Sergelida ijaraga 1 kunga olingan kvartirada tunab kolishgan. Ularning o‘rtasida o‘zaro janjal yuz bergan. Ertasi kuni N.X. Sergeli tuman IIBga ariza bilan murojaat kilib, eri uni zo‘rlab, nomusiga tajovuz qilganini bildirgan. Tuman IIB tezkor vakili B.X.  N.X.ning arizasiga asosan ular yashovchi Yunusobod tumani, Xushnavo ko‘chasidagi xonadonga borgan. 

Xonadonda ayolning eri 1966 yilda tug‘ilgan M.A. mast holatda xodim B.X.ga (1989 y.t.) hujum qilib, oshxona pichog‘i bilan uning chap ko‘krak pastki qismi va qorin sohasiga ikki marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 31 mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan JKning 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jinoyat

Baholaganlar

1117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing