Piskentdagi tug‘uruqxona hamshirasida koronavirus aniqlandi. Tuman SEOM bayonot bilan chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan tug‘uruqxona hamshirasida koronavirus aniqlandi. Tug‘ruq uyi karantinga yopildi. Shu munosabat bilan Piskent tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Mohiraxon Ubayxonova rasmiy bayonot bilan chiqdi.

"Tumanimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida maksimal darajada ehtiyot choralari qo‘llanilmoqda. Shunga qaramay, O‘rta Chirchiq tumani maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlab kelgan, TTB tug‘ruq uyida hamshira bo‘lib ishlovchi S.A.dan koronavirus infeksiyasiga gumonlanuvchi sifatida tahlillar olinganda, «musbat» natija aniqlangan.

Shu munosabat bilan Tug‘ruq uyi ehtiyot chorasi sifatida xavfsizlik nuqtai nazaridan joriy yilning 7 iyun kuni profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazish uchun yopilib, tuman SEOM dezinfektorlari tomonidan to‘liq zararsizlantirish ishlari olib borildi.

Tuman hududida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida, profilaktik chora sifatida bemorning yashash xonadoni, u bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan ishchi-xodimlari muloqotdagi oila a’zolari bilan birgalikda 14 kunlik uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olindi.

Bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar uy sharoitida karantinga qo‘yilib, virusologik tahlil namunalari olindi. Xonadonlarida to‘liq profilaktik dezinfeksiya va tozalash tadbirlari olib borildi.

Ayni vaqtda TTB tug‘ruq uyi va KTMP IIB tomonidan qo‘riqlovga olingan. Bemorning oila a’zolari faoliyat olib boruvchi go‘zallik salonining faoliyati SEOM tomonidan o‘rganilib, DSENB Piskent tuman filiali tomonidan to‘xtatildi. Bemor bilan birlamchi va ikkilamchi muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantirilmoqda, kasallikning oldini olish borasidagi qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi", deyiladi bayonotda.

Avvalroq, hududlarning epidemiologik vaziyatiga ko‘ra toifalanishi yangi ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatga ko‘ra Piskent tumani «yashil» toifadagi hudud etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Piskent

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing