Imtihonda qatnashadigan nazoratchilar bodi-kamera bilan “qurollantirilishi” mumkin
Jamiyat
−
08 avgust 2020
5787Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida shaffoflikni ta’minlash uchun bodi-kameralardan foydalanilishi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, DTM test sinovida qatnashadigan nazoratchilarni bodi-kameralar bilan ta’minlash bo‘yicha Maxsus komissiyaga taklif kiritadi.
“Biz albatta bu bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritamiz. Test sinovlarining shaffof o‘tishi, keyinchalik imtihon jarayonlariga taalluqli biror muammoni muhokama qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, asos va isbotlar kerak bo‘lishi nuqtai nazaridan, buni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, dedi Karimov.
Ma’lumot uchun, OTMning bakalavr va magistratura bosqichiga kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlanadi. Shuningdek, ijodiy imtihonlar ham shu vaqtda o‘tkaziladi.
Imtihonlarda abituriyentlarga testlarni yechish uchun 2 soat beriladi. Test sinovlari 2 smenada o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr