Ba’zi OTMlarda talabalarga stipendiya to‘lab berilmayapti. Vazirlik izoh berdi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2025 6310 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Konservatoriya, San’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetlarida talabalarga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, hozirgacha barcha oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan. Ayrim oliygohlarda 1-bosqich talabalariga stipendiya tayinlash bo‘yicha tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va bank plastik kartalarini ochish jarayoni kechikkani sababli to‘lovlar amalga oshirilmagan.
Vazirlik bayonotida qo‘shimcha qilinishicha, hozirda mazkur buyruqlar to‘liq rasmiylashtirilmoqda va barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari joriy hafta yakuniga qadar amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi