Soliq qarzlarini qarzdorning yaqinlaridan undirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Jamiyat
−
05 mart 2020
9065Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzi hisobdan chiqariladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.
Loyihaga asosan soliq kodeksining 60-moddasiga muvofiq sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinishi tufayli yoki bankrotlik orqali tugatish, qarzdorning vafoti yoxud da’vo muddati o‘tishi (tugashi) sababli to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarz undirilishi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Shuningdek soliq kodeksining 96-moddasiga muvofiq soliq qarzi quyidagi holatlarda undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi:
• bankrotlik orqali tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi uzilmay qolganda. Bunda, Oila kodeksining 34-moddasiga asosan er-xotinning umumiy mol-mulki hisobidan undirish tartibi, muassislar (ishtirokchilar) va mulkdorlardan undirish ko‘zda tutilgan soliq qarzini undiruvida ham tadbiq etiladi;
• yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb e’tirof etilganda qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi uzilmay qolganda. Bunda, bankrot deb e’tirof etilgan yakka tartibdagi tadbirkorning soliq qarzi undiruvi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 34-moddasiga asosan er-xotinning umumiy mulkidagi tegishli ulushiga ham qaratilgan bo‘lishi lozim. Agar, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 6 - moddasi 3 - qismida belgilangan tartibda tashkil etilgan bo‘lsa, soliq qarzi er - xotinning barcha mol-mulklari hisobidan to‘liq undirish choralari ko‘rilgan bo‘lishi shart;
• yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgan yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi munosabati bilan uning mol-mulki soliq qarzini uzishga yetarli bo‘lmaganligi sababli soliqlardan qarzi uzilmay qolganda. Bunda, vafot etgan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati bo‘yicha undirilmasdan qolgan soliq qarzi undiruvi undan meros bo‘lib qolgan mol-mulklar qiymati doirasida uning merosxo‘rlariga qaratilgan bo‘lishi shart;
• jismoniy shaxs vafot etganligi yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb e’lon qilinganligi munosabati bilan uning mol-mulki soliq qarzini uzishga yetarli bo‘lmaganda;
• vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi mol-mulkini meros qilib olgan merosxo‘ri (merosxo‘rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida merosdagi ulushiga mutanosib ravishda uziladi va meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb e’tirof etiladi. Bunda, meros bo‘lib o‘tayotgan mol-mulklar qiymati merosxo‘r tomonidan baholovchi tashkilotlariga qayta baholatish orqali aniqlanadi hamda mol-mulkni baholatish bilan bog‘liq xarajatlar merosxo‘r tomonidan to‘lab beriladi.
• vafot etgan jismoniy shaxsning merosxo‘ri bo‘lmaganda yoki merosxo‘r (merosxo‘rlar) meros olish huquqidan voz kechganda;
• soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati o‘tishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yo‘qotganligi to‘g‘risida sud tomonidan hujjat qabul qilinganda, shu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish to‘g‘risida ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda;
• chet ellik yuridik shaxs soliq organidan hisobdan chiqarilganda, doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan to‘lash imkonsizligi sababli soliq qarzi to‘lanmaganda. Bunda, tugatilgan yuridik shaxslar, chet ellik yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organida qaytadan hisobga qo‘yilganda yoki faoliyati tiklanganda soliq qarzi ham qayta tiklanishi lozim.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr