8 hududda yana 230 kishi koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2020
10454Bugun, 10 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 230 nafarga oshib, 45 160 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
150 nafari Toshkent shahrida;
36 nafari Toshkent viloyatida;
16 nafari Samarqand viloyatida;
9 nafari Namangan viloyatida;
8 nafari Xorazm viloyatida;
5 nafari Buxoro viloyatida;
5 nafari Surxondaryo viloyatida;
1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 42 212 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 580 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr