Jahon banki O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasini modernizatsiya qilishga yordam beradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Hukumati va Jahon banki maslahat xizmatlari to‘g‘risida bitim imzoladi. Uning maqsadi milliy fuqarolik aviatsiyasini modernizatsiya qilishda ko‘mak berish. Bu tomonlar o‘rtasida tuzilgan ikkinchi kelishuvdir. Birinchi kelishuv shartlariga muvofiq, bank 2019 yil avgust oyida maslahat xizmatlarini ko‘rsatishni yakunladi.

Yangi kelishuvlar Jahon bankining fuqarolik aviatsiyasi bo‘yicha milliy siyosatni va turli segmentlarning rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda Hukumatga ko‘rsatadigan yordamini o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airport” AJ, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

“Xavfsiz, ishonchli va samarali aviatsiya sohasi mamlakatda savdo, biznes va turizmni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Biz bu yo‘nalishdagi hukumat bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonamanki, uning natijalari O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada o‘sishiga va rivojlanishiga yordam beradi”, deydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori.

2017 yilda islohotlar dasturining amalga oshirilishi boshlangandan beri Jahon Banki O‘zbekistonga moliyaviy va texnik yordamni kengaytirdi. Ayni paytda bankning mamlakatdagi investitsiya portfelining umumiy qiymati 3,5 milliard AQSH dollariga teng bo‘lib, 21 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Ular hukumatning makroiqtisodiy siyosati, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlari, suv ta’minoti va sanitariya, aholini ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon banki aviatsiya

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing