Elnur Abduraimov ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Amman (Iordaniya) shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha litsenzion musobaqada Elnur Abduraimov (-63 kg) avstraliyalik raqibiga qarshi chorak final jangini o‘tkazdi.

Xarrison Garseydga qarshi bahs olib borgan Abduraimov muhim va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat Elnur Abduraimovga turnir yarim finali qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham taqdim etdi.

Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan o‘n to‘qqizinchi yo‘llanmasidir. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston delegatsiyasi Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari uchun boks bo‘yicha -60 kg vazn toifasida ikkita yo‘llanmaga ega chiqqan edi. O‘shanda murabbiylar qaroriga ko‘ra, Elnur Abduraimov va Xurshid Tojiboyev orasidan Tojiboyev varianti tanlab olingandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etgan Bahodir Jalolov va Shahobiddin Zoirov Tokio-2020 Olimpiada yo‘llanmasini naqd qilishgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Elnur Abduraimov Boks Olimpiada

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing