Mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
19 iyul 2019
5295Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 18 iyul kuni soat 19:00 larda Xovos tumanida Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli D.R. Spark avtomobilida “Zomin-Toshkent” yo‘lining 122-km.da ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning chetiga ag‘darilib ketgan.
Natijada haydovchi D.R. jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli T.V. shifoxonada vafot etgan. Yana 2 nafar yo‘lovchilari jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.