Ixtiyor Abdullayev ishi bo‘yicha sud boshlandi
Jamiyat
−
17 iyul 2019
8980O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda bir biridan mustaqil bir-nechta manbalar xabar berdi.
Ixtiyor Abdullayev ishi O‘zbekiston harbiy sudida ko‘rib chiqilyapti va tamomila yopiq holatda o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev mansab vakolatini suiiste’mol qilish va poraxo‘rlikda ayblanyapti.
Ma’lumot uchun, Ixtiyor Abdullayev 2018 yilning 31 yanvaridan 2019 yilning fevraliga qadar DXXga rahbarlik qildi. U sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgani aytildi. Biroq ko‘p utmay unga nisbatan jinoiy ish ochilgani aytildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida 10 nafarga yaqin mansabdor tergov qilinayotganini ma’lum qilgandi.
Ixtiyor Abdullayev 2015-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 iyun kuni jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qilgandi. Sud jami 14 nafar sudlanuvchiga hukm chiqargandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr