Toshkentda yana ikkita avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi
Jamiyat
−
18 noyabr 2019
5767Aholi talabidan kelib chiqib ularga o‘zgartirishlar kiritish, shu orqali serqatnov yo‘llarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarning oldini olish ishlari davom etmoqda. Talab va takliflardan kelib chiqib, 7-avtobus saroyi tasarrufidagi 13- hamda 34-yo‘nalishlarning ham qatnov oralig‘i o‘zgartirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Shuningdek, 13- “Izza mazzesi — Toshkent MUM” yo‘nalishida qatnovchi avtobuslar endilikda Izza shohbekatidan Izza va TXAY ko‘chalari orqali “Karvon bozori”ga qadar boradi. Avtobuslarning ortga qaytishi esa Toshkent xalqa avtomobil yo‘li va “Samar Bonu” ko‘chalari chorrahasi orqali davom etadi.
34-“To‘qimachilik kombinati — Shifokorlar shaharchasi” yo‘nalishiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra avtobuslarning to‘g‘ri yo‘nalilshdagi harakati Beruniy ko‘chasidan Farobiy, M.G‘olib, Qamarniso ko‘chalari orqali o‘tishi belgilandi. Qaytishda esa Qamarniso, Talabalar, Farobiy hamda Beruniy ko‘chalari orqali o‘tib o‘z yo‘nalishida davom etadi", deyiladi xabarda.
Avvalroq, 17 noyabr kuni vaqtincha yopilishi rejalashtirilgan ayrim ko‘chalardagi jamoat transporti harakatida ham ma’lum muddatga o‘zgarishlar kiritilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi