Shvetsiyada “orzudagi ish” vakansiyasi e’lon qilindi – maosh 2 300 dollar
Bu qiziq
−
04 iyun 2020
13186Shvetsiyada g‘aroyib bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, xodimning vazifasi faqat ish kunining boshida va oxirida Korsvegen stansiyasida chiroqlarni yoqish va o‘chirishdan iborat bo‘ladi. Bu haqda “Sveriges Radio” xabar bermoqda.
"Doimiy vazifa" deb nomlangan loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, rassomlar Simon Goldin va Yakob Sennebyu 2,3 ming AQSH dollari miqdorida maosh to‘lashga tayyor. Xodim har qanday vaqtda ishdan ketishi, istasa umrining oxirigacha o‘z lavozimida qolishi mumkin. Loyiha 120 yilga mo‘ljallangan.
Stansiya faqat 2026 yilda qurib bitkaziladi. Ammo hozirda 175 nafar talabgor vakansiya uchun arizalarni nafaqat Shvetsiyadan, balki AQSH, Tayvan va Filippindan ham taqdim etishgan. Rassomlarning ta’kidlashicha, xodim Gyoteborgeda yashashga majbur bo‘ladi. Ular tanlangan nomzodni ushbu shaharga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, badiiy eksperiment jamiyatdagi tobora kuchayib borayotgan tengsizlikka e’tiborni jalb qilish uchun mo‘ljallangan.
LiveBarchasi