Ayol rulda hushidan ketdi, avtomobil esa Bo‘zsuv kanaliga quladi
Jamiyat
−
04 iyul 2019
6592Toshkent viloyatida ayol kishi o‘zi boshqarib kelayotgan Spark rusumidagi avtomobil bilan Bo‘zsuv kanaliga quladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 1 iyul kuni soat 12:30 atrofida sodir bo‘lgan. Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Nadejda Ivanova Spark rusumidagi avtomobilni boshqarib kelayotganda, birdan hushidan ketadi. Natijada, boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan kanalga qulaydi. Mashina suvga to‘lgandan so‘ng N.I. darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Mazkur hodisa yuzasidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, mashinani kanaldan chiqarib olishgan. Fuqaro N.I. o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko‘rsatilgan yordam uchun vazirlik vakillariga minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi