Olarda kirar jonim... Jeenbekov Xitoydan qarzni to‘lashda yengillik so‘ramoqda
Olam
−
14 Sentabr 2020
13090Rasmiy Bishkek Pekindan qarzi muddatini uzaytirishni va to‘lovlarni yengillashtirishni so‘ramoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I o‘rtasida kechgan uchrashuvda so‘z borgan.
Koronavirus infeksiyasining makroiqtisodiy vaziyatga salbiy ta’sirini hisobga olib, Jeenbekov Van Idan XXR Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi tashqi qarzi bo‘yicha to‘lovlarni yengillashtirish va uzaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Muloqotda, shuningdek Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashilgan.
Prezident Sooronbay Jeenbekov mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini ta’kidlab, qishloq xo‘jaligi, transport va yo‘llar sohasidagi ustuvor loyihalarga e’tibor qaratgan.
Davlat Xitoy hukumatiga ko‘rsatilayotgan gumanitar yordam, shuningdek koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun tibbiy mutaxassislarni yuborgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Prezident Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston tomoni hamkorlikning yangi modellarini, masalan, elektron tijorat va axborot texnologiyalari kabi sohalarda amalga oshirishga qiziqishini, bu esa o‘z navbatida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga hissa qo‘shishini ta’kidlagan.
Qirg‘izistonning hozirgi tashqi qarzi 3,874 milliard dollarni tashkil etadi. Shundan 1,794 milliard dollari Xitoyning eksport-import banki China Exim Bank hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Jeenbekov joriy yilning aprel oyida Xitoy Prezidenti Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatda Qirg‘izistonning qarzini to‘lashni yengillashtirish masalasini ko‘targan edi.
LiveBarchasi