Oila boshlig‘i is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jamiyat

image

Jizzaxda is gazidan zaharlangan fuqaro vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Voqea kecha, 15 noyabr kuni Do‘stlik tumani, G‘.G‘ulomov mahallasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan

Oila boshlig‘i R.R., turmush o‘rtog‘i U.R. hamda farzandi Sh.R. lar yashash xonadoni oshxonasida o‘rnatilgan gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlangan.

Oqibatda R.R. voqea joyida vafot etgan, U.R. hamda Sh.R. lar shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Jizzax

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing