Rossiya infeksiyadan zararlanganlar soni bo‘yicha beshtalikka kirdi

Olam

image

Rossiya bugun, 6 may kuni Germaniyani chetlab o‘tib, koronavirus infeksiyasining rasmiy tasdiqlangan holatlari bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi.

Rossiyada yangi infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha Federal tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda infeksiyadan zararlanganlar soni 165 929 nafarga yetdi. Robert Koch nomidagi instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada esa 6 may kuni ertalab 164 807 ta holat aniqlangan.

Fransiya yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Rasmiylarning ushbu hisobotiga kiritilmagan boshqa holatlar ham hisobga olingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya 170 551 kishi koronavirus bilan kasallangan.

3 may kuni Rossiya rasmiy ravishda tasdiqlangan infeksiya soni bo‘yicha Fransiyani ortda qoldirdi. O‘shanda infeksiya yuqtirganlar soni 130 979 kishini tashkil etgan edi.

6 may holatiga ko‘ra, Yer yuzida koronavirusga chalinganlar soni 3 677 165 nafarga yetdi. 1 204 305 bemor shifo topgan bo‘lsa, 257 454 kishi vafot etdi. 

Infeksiyadan eng  ko‘p zararlangan davlatlar ro‘yxati quyidagicha:

1. AQSH – 1 237 761 nafar;
2. Ispaniya – 250 561 nafar;
3. Italiya – 213 013 nafar;
4. Buyuk Britaniya – 194 990 nafar.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing