Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik 5 kun o‘tib halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaga ishlash uchun borgan O‘zbekiston fuqarosi oradan besh kun o‘tib yong‘in va is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Rossiyaning Yekateringburg shahrida o‘zbekistonlik A.M. yong‘in va is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. U bu shaharga 16 noyabr kuni kelgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Rossiya vakolatli organlari tomonidan tergov oldi tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, Yekaterinburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi mazkur vaziyatni nazoratga oldi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in o'zbekistonlik is gazi

Baholaganlar

134

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing