“Kunchiqar”da karantin muddati uzaytirildi

Olam

image

Yaponiya favqulodda holat rejimini 6 maygacha uzaytirdi. Bu haqda bugun, 16 aprel kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi choralar uchun mas’ul bo‘lgan Iqtisodiy tiklanish vaziri Yasutoshi Nishimura ma’lum qildi.

“Dam olish kunlari odamlarning harakatlanishini minimallashtirish dolzarb vazifa”, dedi u koronavirus bilan bog‘liq favqulodda maslahat kengashining yig‘ilishida.

Avvalroq, Yaponiya hukumati Tokio, Osaka, Kanagava, Saytama, Tiba, Xega va Fukuoka shaharlaridagi favqulodda holat rejimini 6 mayga qadar uzaytirgan edi. Virus tarqalishi davom etar ekan, ushbu rejim mamlakatning boshqa mintaqalarida ham uzaytirildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga 8 626 nafar odam chalindi. 901 bemor shifo topgan bo‘lsa, 178 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Yaponiyada

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing