Andijonda harbiy qismni kuzatayotgan shubhali shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Xonobod shahridagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlaridan birini kuzatayotgan shubg‘ali shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Chegara qo‘shinlari Matbuot xizmati xabar berdi.

Harbiy qismdagi xizmatchilar xizmat faoliyatini olib borayotgan shubhali shaxsni payqagan va holatga aniqlik kiritish maqsadida uni qo‘lga olishgan. DXX va Ichki ishlar idorasi xodimlari bilan hamkorlikda xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazilgan.

Tekshiruv jarayonida bu shaxs 1993 yilda Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan A.E. ismli shaxs ekanligi ma’lum bo‘ladi. Uning yon cho‘ntagida 4,4 gramm miqdorda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Andijon

Baholaganlar

405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing