Turkiya ilk elektromobilini chiqardi. Uni Erdo‘g‘an sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
27 dekabr 2019
24360Bugun, 27 dekabr kuni Turkiya o‘zining birinchi milliy elektromobillari taqdimotini o‘tkazdi. Marosimda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi va yangi avtomobilni shaxsan haydab, sinovdan o‘tkazdi.
“Bugun mamlakatimiz uchun tarixiy kun, Turkiyaning 60 yillik orzusi ro‘yobga chiqayotganiga birgalikda guvohlik qilyapmiz. Ko‘p yillardan beri Turkiyaga o‘zining avtomobil sanoati kerakligini, biz montajchilikdan ko‘prog‘iga loyiq ekanimizni aytamiz”, dedi Erdo‘g‘an marosimdagi nutqida.
Elektromobillar SUV C krossoveri va sedan shaklida ishlab chiqilgan. Kelgusida avtomobil 200 va 400 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki xil variantda chiqariladi. Avtomobillar 300 va 500 km masofaga bora oladigan ikki turda ishlab chiqilgan. Elektromobillar atrof-muhitga hech qanday zarar yetkazmaydi. 30 daqiqada 80 foiz quvvatlanadi. Hozir elektromobillarni 30 daqiqada to‘la quvvatlanishini ta’minlash ustida ish olib borilyapti.
“Turk avtomobillari tashabbuskor guruhi” (Türkiye'nin Otomobili Girişim Grubu) kompaniyasi rahbari Rivat Xisarjiko‘g‘lu Turkiyadagi zavod qurilishi 2021 yilda yakunlanishi, bir yildan keyin ilk avtomobillar konveyrdan chiqishini aytib o‘tdi.
Elektromobillarni Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bursa viloyatida seriyali ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilyapti. Yiliga beshta avtomobil modelidan umumiy 175 mingta ishlab chiqarish mo‘ljallanyapti. Loyihaga 22 mlrd turk lirasi miqdorida investitsiya kiritilgan.
LiveBarchasi