Sergeli sanoat zonasida yirik yong‘in yuz berdi
Jamiyat
−
09 noyabr 2019
4784Kecha, 8 noyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida mebel ishlab chiqarish sexida yirik yong‘n yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar YOXB Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in soat 17:52 da Sergeli tumani, 2-mavze, Lutfikor 1-tor ko‘chasi 1-uy, Sergeli kichik sanoat zonasi xududida joylashgan binoning 2-qavatidagi mebel va sintepon ishlab chiqarish sexlarida yuz bergan. Yong‘inda ishlab chiqarish sexlarining ichki va tom qismi 1500 kv m maydonida yongan.
Yong‘indan binoning 15500 kv m maydonidagi qurilmalari saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 17:57da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 19:46 da qurshab olinib, soat 20:20da o‘chirilgan.
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in joyiga 18 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.
LiveBarchasi