Uchtepadagi mebel sexida yong‘in bo‘ldi
Jamiyat
−
01 noyabr 2019
4042Kecha, 31 oktyabr kuni soat 08:58 da poytaxtning Uchtepa tumani Yu.Sakkokiy ko‘chasi 17-uyda joylashgan “Malika Muslima” Oilaviy korxonasiga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 09:37 da o‘rab olinib, 09:07 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida sexining 150 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Yong‘indan sexining 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi, elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi