Niderland Hukumati “Gollandiya”dan voz kechdi. Bunga sabab fohishalar!

Olam

image
Berlin, Perleberger Str. 62 – O‘zbekistonning bir bo‘lagidan fotoreportaj north_east

Berlin, Perleberger Str. 62 – O‘zbekistonning bir bo‘lagidan fotoreportaj

Niderland Hukumati mamlakatning ikkinchi nomi – “Gollandiya”dan voz kechishga qaror qildi. Bu haqida “Adformatie” portali xabar bermoqda. 

Niderland Hukumati fikriga ko‘ra, “Gollandiya” nomi sayyohlar ongida giyohvand moddallar va “alvon chiroqlar kvartali” bilan bog‘liq assotsiatsiyalarni uyg‘otadi.

Niderland nomi ostida ular o‘z davlatining yangi imidjini qurishga qaror qilishgan. Bundan buyon yirik xalqaro tadbirlarda faqat Niderland nomidan foydalaniladi. Masalan, “Yevrovideniye-2020” tanlovida.

Rebrending ushbu davlat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa sport sohasida futbol musobaqalari, Tokiodagi Olimpiada-2020 va boshqa tadbirlardan faqat Niderland nomidan foydalaniladi.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatning poytaxti Amsterdam sayyohlar bilan gavjum shahar hisoblanadi. Haqiqatan ham bu yerga tashrif buyuruvchilarning asosiy qismida mamlakatda giyohvand moddalar savdosi va iste’moliga nisbatan cheklov yo‘qligi va fohishalik bilan shug‘ullanish legallashtirilgani bilan bog‘liq assotsiatsiyalar mavjud. Shu bois Yevropa mamlakatlariga tashrif buyuruvchi sayyohlar ko‘pincha dam olish kunlar Gollandiyaga borib, Amsterdamda sayohat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Niderland Gollandiya Amsterdam

Baholaganlar

165

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing