O‘zbekiston elchisi Qirolicha Yelizaveta II qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston RespublikasiningBuyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov kecha, 4 dekabr Qirolicha Yelizaveta II qabulida bo‘lib, unga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Londondagi Bukingem saroyida o‘tgan rasmiy marosimdan keyin suhbat chog‘ida, qirol Genrix IV ning Amir Temur bilan XV asr boshlarida diplomatik yozishmalari davri bo‘lgan ikki mamlakat xalqlari, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlardagi so‘nggi ijobiy dinamika qayd etildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilingan. O‘zbekistonning mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish istagi, ayniqsa, ta’lim, parlamentarizm, qonun ustuvorligi va bank-moliya sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan. 

Buyuk Britaniya qirolichasi O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosi, birinchi navbatda Samarqandning qadimiy arxitekturasi haqida xabardorligini qayd etgan. 

Buyuk Britaniya rahbari hukumatning ta’lim sohasini ustuvor rivojlantirish, jumladan, boshlang‘ich maktablarda ingliz tilini o‘rganishni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan va o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qo‘llab-quvvatlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Said Rustamov Elizaveta II

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing